Serbiya Navalniyni qo‘llab-quvvatlab miting tashkil qilgan rossiyalik fuqaroni mamlakatdan chiqarib yubormoqda

Фото: Unsplash.com

Serbiya Ichki ishlar vazirligi rossiyalik faol Anton Bobrishevga respublika hududini tark etishni buyurdi, chunki uning mamlakatda bo‘lishi “xavfsizlikka tahdid” soladi, deya xabar beradi N1.

Portal ma’lumotlariga ko‘ra, bir necha kun avval Bobrishevga Serbiyada yashash uchun ruxsatnomani uzaytirish ham rad etilgan, sabab sifatida rossiyalikning mamlakatda ko‘chmas mulki borligi ko‘rsatilgan. Bobrishev mamlakatni tark etishi uchun 30 kun bor. Uning o‘zi N1 jurnalisti bilan suhbatda sakkiz yildan beri yashayotgan Serbiyaga nima uchun xavf tug‘dirayotganini bilmasligini aytdi.

Rossiya demokratik jamiyatining asoschisi (rus emigrantlarining urushga qarshi mahalliy tashabbusi) Pyotr Nikitin Bobrishev Serbiyadagi urushga qarshi ko‘plab mitinglarda faol ishtirok etganini aytadi va uni haydalishining sababi  Aleksey Navalniyni qo‘llab-quvvatlab o‘tkazilgan mitingi bo‘lishi mumkinligini qayd etadi. Bobrishev uni 2023-yil 4-iyulda Serbiyaning Panchevo shahrida tashkil qilgan.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.