Sergey Mironov Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlarga fuqarolikni berishga moratoriy joriy etishni taklif qildi
Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi deputati va “Adolatli Rossiya” partiyasi yetakchisi Sergey Mironov Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan muhojirlarga Rossiya fuqaroligini berishga vaqtinchalik moratoriy joriy etishni taklif qildi.
Siyosatchi oʻzining Telegram-kanalida “janubdan kelgan mehmonlarga yuz minglab pasport tarqatishga arziydimi?” degan savol bilan murojaat qildi va yangi fuqarolar uchun ijtimoiy taʼminot uchun byudjet mablagʻlarining koʻpayishi va etnik anklavlari paydo boʻlish xavfidan xavotir bildirdi.. Mironovning fikricha, bu amaliyotdan faqat muhojirlarni qonuniylashtirishdan foyda ko‘ruvchi korruptsionerlar va firibgarlargina foyda ko‘radi.
U “migratsiya xizmatida islohotlar o‘tkazish, uni korruptsiyadan tozalash va avval berilgan pasportlarning qonuniyligini tekshirish” maqsadida 2026-yilgacha moratoriy joriy etishni taklif qildi.
Sharhlar