Gretsiya va Daniya shahzodasi Mixail 85 yoshida vafot etdi

Foto: Global Look Press

Gretsiya va Daniya shahzodasi Mixail Afinada 85 yoshida vafot etdi, deb yozadi “Kommersant”. Shahzoda Mixail Mishel De Gres taxallusi bilan mashhur bo‘lgan. U, shuningdek, Gretsiya qiroli Georg I ning tirik qolgan yagona nabirasi ham edi.

Shahzodaning o‘limi haqida Gretsiyaning ProtoThema gazetasi xabar berdi. U kasalxonada vafot etgan.

Shahzoda Mixail — qirol Georg I va qirolicha Olganing beshinchi o‘g‘li bo‘lgan Gretsiya va Daniya shahzodasi Xristofor (1888-1940)ning o‘g‘lidir. Shahzoda Mixailning onasi Burbonlar avlodidan bo‘lgan Orleanlik Jan gersog de Giz va Orleanlik Izabellaning qizi Orleanlik Fransuaza bo‘lgan.

Ikkinchi jahon urushi davrida shahzoda Mixail Marokashda yashagan, shundan keyin onasi bilan birga Parijga ko‘chib ketgan. Onasining o‘limidan keyin shahzodani amakisi o‘z vasiyligi ostiga olgan. 25 yoshida shahzoda Mixail Italiyada siyosatshunoslik sohasida ilmiy darajani olib, so‘ng Gretsiyaga qaytgan va to‘rt yil armiyada xizmat qilgan. 1965-yilda u rassom Marina Karellega uylanib, Gretsiya taxtidan voz kechgan. 1968 va 1971-yillarda ularning qizlari Aleksandra va Olga tug‘ilgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.