Shaman, Polina Gagarina, Ivan Oxlobistin, Kadirovning jamoat fondi va boshqalar YI sanksiyalari ro‘yxatiga kiritildi

Евросоюз ЕС помощь Украина
Источник: osnmedia.ru

Yevropa Ittifoqining rasmiy jurnali rossiyalik jismoniy shaxslar va kompaniyalarga taalluqli sanksiyalarning yangilangan ro‘yxatini e’lon qildi.

Ukrainaga qarshi urushni faol qo‘llab-quvvatlagan aktyor Ivan Oxlobistin va qo‘shiqchi Shaman, shuningdek, qo‘shiqchi Polina Gagarina, Rossiya harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondoni admiral Aleksandr Moiseyev, media-menejer Aram Gabrelyanov va Checheniston rahbarining onasi Aymani Kadirovaga (va uning fondiga) qarshi shaxsiy sanksiyalar joriy etildi. Ro‘yxatda jami 116 kishi bor.

14-sanksiyalar paketiga kiritilgan yirik kompaniyalar orasida Rossiyaning eng yirik “Sovkomflot” yuk tashish kompaniyasi, “Uralskiye avialinii” yo‘lovchi aviakompaniyasi va “Volga-Dnepr” yuk tashuvchi aviakompaniya (egalari bilan birgalikda) bor.

Shaxsiy sanksiyalarga, shuningdek, urush boshlanganidan keyin Kreml Carlsberg xalqaro kontsernidan olib qo‘ygan “Baltika” pivo ishlab chiqaruvchi kompaniyasi prezidenti Taymuraz Bolloev, milliarderlar Roman Trotsenko va Igor Altushkin, Rossiya-Belarus ittifoqining davlat kotibi Dmitriy Mezensev ham kiritilgan.

Sobiq sportchi va teleboshlovchi (“Zaif bo‘g‘in” o‘yinini olib borgan), hozirda Moskva shahar dumasi deputati Mariya Kiselyova ham sanksiyaga tushdi. Shuningdek, anneksiya qilingan Qrimdagi “Artek” bolalar markazi va Kreml bilan ishlaydigan “Internetni rivojlantirish instituti” ham sanksiyalar ro‘yxatidan joy oldi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.