Shimoliy Koreya askarlari urushda ishtirok etsa, Janubiy Koreya Ukrainaga halokatli qurol yetkazib berishi mumkin

фото: iz.ru

Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri Cho Tae-yolning aytishicha, agar Shimoliy Koreya qo‘shinlari urushda qatnashsa, Ukrainaga halokatli qurol yetkazib berish masalasi ko‘rib chiqiladi, biroq Seul boshqa variantlarni ham ko‘rib o’rganmoqda.

“Barcha mumkin bo’lgan senariylar ko’rib chiqilmoqda”, – deya uning so’zlarini keltiradi Reuters.

“Xususan, biz Shimoliy Koreya kuchlarining urushdagi ishtiroki darajasini va Shimoliy Koreya Rossiyadan qanday kvid pro-kvo olishini kuzatib boramiz. Biz aniq qarorlar qabul qilishdan oldin bu omillarning barchasini hisobga olamiz”, – dedi u.

Shimoliy Koreya qo‘shinlari Rossiyada ekanligi va yaqin orada Ukrainaga qarshi jangovar harakatlarga qo‘shilishi mumkinligi so‘nggi haftalarda avvaliga Kiyevda, keyin Seulda, keyin esa G‘arb poytaxtlarida ko‘plab rasmiylar tomonidan aytilgan. Moskva va Pxenyan buni bevosita inkor etmaydi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.