Shimoliy Koreya Yapon dengiziga qarata ballistik raketa uchirdi
Shimoliy Koreya Yapon dengiziga qarata ballistik raketa uchirdi, deb xabar bermoqda Kyodo Janubiy Koreya shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasiga tayanib.
Yaponiya qirg‘oq soqchiligi raketa, katta ehtimol bilan, allaqachon qulaganini ma’lum qildi. Ammo qayerga qulagani, kelib chiqqan vayronagarchiliklar haqida ma’lumot yo‘q.
KXDR Yapon dengiziga qarata ko‘p marta raketa uchirgan. Xususan, 2-aprel kuni uchirilgan raketa Yaponiya iqtisodiy zonasi tashqarisiga kelib tushgandi. Mamlakat hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, KXDR xatti-harakatlari tufayli samolyotlar yoki kemalarga zarar yetmagan.
Ulashish:
Sharhlar