Shimoliy Koreya Rossiyaga 10 mingga yaqin askarini yubordi, ba’zilari allaqachon Ukrainaga yaqinroq joylashtirilgan
Shimoliy Koreya Rossiyaga 10 mingga yaqin askar yubordi va ular yaqin haftalarda Ukraina yaqinidagi rus qo‘shinlariga qo‘shilishi mumkin, dedi dushanba kuni AQSh Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Sabrina Singx jurnalistlarga.
“Ushbu askarlarning ba’zilari allaqachon Ukrainaga yaqinlashgan va biz Rossiya bu askarlardan Rossiyaning Ukraina bilan chegarasi yaqinidagi Kursk viloyatida ukrainalik askarlarga qarshi jangovar yoki yordamchi jangovar operatsiyalarda foydalanishi mumkinligidan tobora xavotirdamiz”, – deya Sabrina Singxdan iqtibos keltiradi CBS telekanali.
AQSh prezidenti KXDR harbiy xizmatchilarining Ukrainadagi urushda Rossiya tomonida ishtirok etishi ehtimoliga izoh berdi. “Juda xavfli”, dedi Bayden.
NATO bosh kotibi Mark Ryutte dushanba kuni Shimoliy Koreya askarlari Rossiyaning Kursk viloyatida borligini rasman tasdiqlashi mumkinligini aytdi.
Pentagon matbuot kotibi bu haqda so’ralganda, unga aytilganlarga boshqa hech narsa qo’shmasligini aytdi.
O‘tgan hafta Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi Shimoliy Koreyadan Rossiyaga 12 mingga yaqin harbiy xizmatchi kelgani va ularni Ukrainadagi frontga jo‘natish rejalashtirilganini ma’lum qilgan edi. Kiyevga ko‘ra, bu harbiy xizmatchilarning bir qismi allaqachon Ukraina Qurolli kuchlari operatsiya o‘tkazayotgan Kursk viloyatiga yetkazilgan bo‘lishi mumkin.
Sharhlar