Shimoliy Koreya Rossiyaga yordam berish uchun 100 ming askar yuborishi mumkin
Shimoliy Koreya Ukrainaga qarshi urushda Rossiyaga yordam berish uchun jami 100 ming askarini yuborishi mumkin. Bu haqda Bloomberg agentligi G20 ga kiruvchi qator mamlakatlarning dastlabki baholari bilan tanish bo‘lgan suhbatdoshlarga tayanib xabar bermoqda.
Manbalarning ta’kidlashicha, bu dastlabki hisob-kitoblar va ular tasdiqlangan taqdirda ham bir vaqtning o’zida 100 ming jangchi joylashtirilmaydi. Gap rotatsiyani hisobga olgan holda Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatishga jalb etilishi mumkin bo‘lgan Shimoliy Koreya harbiy xizmatchilarining umumiy soni haqida bormoqda.
Xuddi shunday bahoni avvalroq Ukrainaning Janubiy Koreyadagi elchisi Dmitriy Ponomarenko “Amerika Ovozi” radiosiga bergan intervyusida aytgan edi. Kiyev Kursk viloyatiga yuborilgan Shimoliy Koreyaning 15 ming nafargacha harbiy xizmatchisi bir necha oyda o‘zgarishini kutmoqda, deya tushuntirdi diplomat. Janubiy Koreya rasmiylari bu borada izoh berishdan bosh tortdi.
Sharhlar