Shols: Germaniya qurolining Rossiyaga qarshi qo‘llanilishi vaziyatni keskinlashtirmaydi

шольц германия украина помощь
Фото: Википедия

Germaniya kansleri Olaf Shols Ukraina uchun ochilgan, Germaniya tomonidan taqdim etilgan qurol bilan Rossiya hududidagi harbiy nishonlarga zarbalar berish imkoniyati vaziyat keskinlashishiga olib keladi, deb hisoblamaydi. “AQSH prezidenti aytganidek, gap faqat Xarkov kabi yirik shaharni himoya qilish imkoniyati haqida bormoqda”, — dedi u.

Kansler qayd etishicha, Kiyevga Germaniya qurolidan foydalanish huquqini taqdim etish qarori Germaniyaning “do‘stlari va ittifoqdoshlari” bilan hamkorlikda diqqat bilan o‘ylab chiqilgan. Shu bilan birga, Shols Germaniya fuqarolarini shunga ishontirdiki, “noto‘g‘ri va bemahal qarorlar” qabul qilishga ishontirish maqsadida unga nisbatan bosimlar o‘tkazilishiga hech qachon imkon bermagan bo‘lardi.

31-may kuni Germaniya hukumati Ukrainaga o‘zi yetkazib berayotgan qurol bilan Rossiya hududidagi nishonlarga zarbalar berishga ruxsat etdi. Berlin pozitsiyasining o‘zgarishi Rossiya armiyasining Xarkov viloyatidagi hujumlari tez-tez sodir bo‘layotgani bilan izohlandi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.