Shols noyabr oyida Putin bilan telefon orqali muloqot qilmoqchi
Kansler Olaf Shols deyarli ikki yil ichida birinchi marta Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bevosita aloqaga chiqmoqchi, deya xabar beradi Die Zeit gazetasi Germaniya hukumatidagi manbalarga tayanib. Telefon suhbati noyabr oyida Braziliyada bo‘lib o‘tadigan G20 yig‘ilishi oldidan o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Biroq, qo‘ng‘iroq hali rasman so‘ralmagan.
Agar suhbat bo‘lib o‘tsa, Shols Ukrainani qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar orasida Putin bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqani tiklagan birinchi yetakchiga aylanadi. Ular o‘rtasidagi so‘nggi telefon suhbati 2022-yil dekabrida bo‘lib o‘tgandi. AQSh prezidenti Jo Bayden, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Boris Jonson ham Putin bilan oxirgi marta 2022-yilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri gaplashgan.
O‘tgan hafta Putin yadro qurolidan foydalanish mezonlarini kengaytirishini aytgan edi. Shuningdek, Rossiya harbiy xarajatlarni yanada oshirish istagi borligini e’lon qildi: 2025-yil uchun byudjet taxminan 130 milliard yevroni tashkil etishi rejalashtirilgan, ya’ni 2024-yilga nisbatan qariyb 30 foizga ko‘p.
Sharhlar