Shols yaqin orada Putin bilan muzokaralar o‘tkazishga tayyor, ammo bir o‘zi emas

шольц германия украина помощь
Фото: Википедия

Germaniya kansleri Olaf Shols Ukrainadagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralarni tiklashga tayyorligini bildirdi.

Ammo u bunday muzokaralarni bir o‘zi emas, balki Ukraina va boshqa xalqaro sheriklar ishtirokida olib borish kerakligini ta’kidladi.

Shols buning uchun bir qator taraflar bilan aloqalar o‘rnatish va Kiуev bilan shartlar muhokama qilish zarurligini ma’lum qildi.

Mumkin bo‘lgan muzokaralar muddati haqidagi savolga Shols “yaqin kelajakda” bo‘lishi mumkin, deb javob berdi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.