Sholsning maslahatchisi Germaniyaning yangi moliya vaziri bo‘ladi

фото: dw.com

Germaniyaning yangi moliya vaziri federal kansler Olaf Sholsning iqtisodiyot va moliya masalalari bo‘yicha maslahatchisi Yorg Kukis bo‘ladi. Bu aqda 7-noyabr kuni Germaniya hukumati rasmiy vakili Shteffen Xebeshtrayt ma’lum qildi.

Hozirda sotsial-demokrat Yorg Kukis federal kansler idorasining davlat kotibi lavozimida ishlab, va Olaf Shols uchun eng muhim maslahatchilardan biridir. Jumladan, Kukis “katta yettilik” va “katta yigirmalik” sammitlaridagi yakuniy hujjatlar shakllanishida ishtirok etib kelgan.

Oldin esa Shols moliya vaziri sifatidagi lavozimidan erkin demokrat Kristian Lindnerni bo‘shatgan, bu federal byudjetdagi “teshiklarni yopish” yuzasidagi mojaro fonida sodir bo‘lgan edi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.