Putin Shoyguni Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi etib tayinladi
Vladimir Putin o‘z farmoni bilan Nikolay Patrushevni “boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan” Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi lavozimidan ozod etdi, deb yozadi Meduza.
Uning o‘rniga ushbu lavozimga Rossiya mudofaa vaziri bo‘lib ishlagan Sergey Shoygu tayinlandi. Shoygu Mudofaa vazirligiga 2012-yil 6-noyabrdan 2024-yil 12-mayga qadar rahbarlik qilgan.
Putin Andrey Belousovni yangi mudofaa vaziri etib tayinlashni taklif qildi.
Nikolay Patrushev Xavfsizlik kengashi kotibi lavozimida 2008-yil mayidan boshlab ishlab kelgan. Ungacha esa 1999-yildan Federal xavfsizlik xizmatini boshqargan.
Patrushev endi qaysi lavozimga tayinlanishini Kreml “kelasi bir necha kun ichida” ma’lum qilishga va’da berdi.
Ulashish:
Sharhlar