Shri-Lankadagi prezident saylovida muxolifat yetakchisi g‘olib bo‘ldi
Shri-Lanka prezidenti saylovlarida “Milliy xalq hukumati” muxolifat alyansi yetakchisi Anura Kumara Dissanayake 42,31 foiz ovoz bilan g‘olib chiqdi, deb yozadi “Kommersant”. 2019-yilgi saylovlarda u 3 foiz ovoz to‘plagandi.
Amaldagi prezident Ranil Vikremesingxe uchinchi o‘rinni egalladi, undan oldinda esa yana bir muxolifatchi siyosatchi — Satjit Premadasa joylashdi.
Anura Kumara Dissanayake 2014-yildan Shri-Lankaning JVP kommunistik partiyasiga rahbarlik qilib keladi. Uning saylovoldi kampaniyasi mamlakatda keng ko‘lamli islohotlar o‘tkazish, shu jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashish haqidagi va’dalarga asoslangan edi.
Bundan avvalgi prezident saylovlari Shri-Lankada 2019-yilda o‘tkazilgan bo‘lib, Gotabaya Radjapaksaning g‘alabasi bilan tugagan edi. 2022-yil iyulida u mamlakatdagi ommaviy noroziliklar fonida iste’foga chiqqan, prezident lavozimini esa parlament qarori bilan Ranil Vikremesingxe egallagan edi.
Sharhlar