Shtab rahbari Harris tezkor natijalarni kutmayapti
Kamala Harrisning saylov kampaniyasi menejeri Jen O’Malley Dillon xodimlarga maktub yo’llab, vaziyat tezda hal qilinishini kutmasligini, lekin optimistik ekanligini ta’kidladi, deb xabar beradi CNN. U jamoaga biroz tanaffus qilib, yangilanishni taklif qilgan.
“Biz kurash keskin bo’lishini kutgandik”, deb yozdi u. “Biz Quyosh kamari shtatlaridan ma’lumotlarni olishni davom ettirmoqdamiz, lekin biz har doim 270 ovozga erishish yo’limiz “Moviy devor” deb ataladigan shtatlardan o’tishini bilardik”.
“Moviy devor” deganda u Michigan, Viskonsin va Pensilvaniyani nazarda tutgan. Ayni paytda New York Times prognozi Trampga Pensilvaniyada g’alaba qozonish uchun 75% imkoniyat beradi, ammo Michigan va Viskonsin uchun xulosa chiqarishga hali erta.
Sharhlar