Bayden Tramp mag‘lubiyatga uchrasa, hokimiyat tinch yo‘l bilan topshirilishiga shubha bildirdi
AQSH prezidenti Jo Bayden prezident saylovlarida Donald Tramp Demokratik partiyadan nomzod Kamala Xarrisga mag‘lub bo‘lgan taqdirda hokimiyat tinch yo‘l bilan topshirilishiga ko‘zi yetmasligini aytdi, deb yozadi “Kommersant”. Tramp hatto mag‘lub bo‘lsa ham, hokimiyat uchun har qanaqasiga kurashish niyatida, dedi u.
“U “agar biz yengilsak, qonli urush bo‘ladi, saylovlarni o‘g‘irlashga to‘g‘ri keladi” degan gaplarni aytayotganida, aslida jiddiy gapiradi”, — dedi Bayden. Bu haqda Tramp mart oyida Ogayo shtatidagi saylovoldi nutqida aytib o‘tgandi.
Eslatib o‘tamiz, 21-iyul kuni Jo Bayden prezident poygasidan chiqqanini e’lon qilib, o‘z o‘rniga vitse-prezident Kamala Xarris nomzodini taklif qilgandi, u esa 7-avgust kuni Demokratik partiyadan nomzod sifatida rasman ilgari surildi.
Sharhlar