Shvetsiya va Finlyandiya o‘rtasida aloqa kabelining uzilishi sodir bo‘ldi
Shvetsiya Finlyandiyadan tortib kelingan internet kabelining uzilishi haqida ma’lum qildi, deya xabar beradi Shvetsiyaning SVT teleradiokompaniyasi.
Shvetsiya pochta va telekommunikatsiyalar boshqarmasi (PTS) matbuot kotibi Peter Ekstedtning so‘zlariga ko‘ra, uzilish Finlyandiya hududida quruqlikda Xelsinki hududida 3-4 kilometr masofada ikki joyda sodir bo‘lgan.
Shvetsiyaning Global Connect telekom kompaniyasi vakili Niklas Ekstryomning so‘zlariga ko‘ra, uzilishlardan biri Espooda, ikkinchisi Vixtida sodir bo‘lgan. Bir muammo bartaraf etilgan, boshqasi ustida ish olib borilmoqda, deya qo‘shimcha qiladi u. Uning so‘zlariga ko‘ra, Finlyandiyada olti mingga yaqin xonadon uzilishlardan jabr ko‘rgan. Shvetsiya tomoniga muammo ta’sir qilmagan.
Shvetsiya fuqarolik mudofaasi vaziri Karl-Oskar Bolinning aytishicha, uzilish ataylab sodir etilgan deb gumon qilinmoqda. Finlyandiya aloqa vaziri Lulu Ranne rasmiylar tergov boshlashini bildirgan.
Sharhlar