Shveytsariyada bo‘lib o‘tadigan tinchlik sammitida Rossiya qo‘shinlarini Ukrainadan olib chiqib ketish masalasi muhokama qilinmaydi – NHK
Shveytsariyada bo‘lib o‘tadigan tinchlik sammitida Rossiya bilan aloqalarni davom ettirayotgan davlatlar ishtiroki tufayli Rossiya qo‘shinlarini Ukrainadan olib chiqib ketish masalasi muhokama qilinmaydi, deb yozadi NHK.
Bu haqda Yaponiyaning NHK telekanali diplomatik manbalarga tayanib yozmoqda . Ular Rossiya qo‘shinlarini olib chiqish to‘g‘risidagi bandning chiqarib tashlanishiga qaysi davlatlar sabab bo‘lganiga aniqlik kiritilmagan.
NHK tomonidan ko‘rilgan bayonot loyihasida Ukraina “tinchlik formulasi”da taklif qilingan o‘n banddan uchtasi keltirilgan: atom elektr stansiyalari xavfsizligi, oziq-ovqat xavfsizligi, barcha harbiy asirlarni ozod qilish va Rossiyaga deportatsiya qilingan ukrainalik bolalarni qaytarish.
Shu bilan birga, loyihada Ukrainaning hududiy yaxlitligini tiklash bandi yo‘q, deya qayd etadi NHK.
Bayonot loyihasida, shuningdek, tinchlikka erishishda barcha tomonlar ishtirok etishi kerakligi aytiladi va Rossiyaning munozaralarda ishtirok etishi muhimligi ta’kidlanadi, deb yozadi NHK, aniq bir ibora keltirmagan holda.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 25-may kuni Markaziy Osiyo jurnalistlariga bergan intervyusida Ukraina tinchlik sammitiga “tinchlik formulasi”ning faqat uchta bandini taqdim etish niyatida ekanligini, bunda Rossiya qo‘shinlarini olib chiqib ketish nazarda tutilmaganini aytgandi. Uning fikricha, bu uch nuqta barcha davlatlarni birlashtiradi.
Sharhlar