Zelenskiy: Putinning hujumni to‘xtatish haqidagi taklifi – bu ultimatum. Unga ishonib bo‘lmaydi

Фото: офис президента Украины

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Vladimir Putinning muzokaralar taklifiga javob qaytardi.

“Bu ultimatum xabari bo‘lib, avvalgilaridan farq qilmaydi […] U to‘xtamaydi. Gitler ham xuddi shunday qilgandi. Shuning uchun biz bu takliflarga ishonmasligimiz kerak”, deydi Zelenskiy (iqtibosni Reuters keltiradi).

Bugun Putin birinchi marta Ukraina bilan muzokaralar shartlarini aytib o‘tdi. Unga ko‘ra, agar Ukraina o‘z qo‘shinlarini Donetsk, Lugansk, Zaporojye va Xerson oblastlaridan olib chiqsa, bu imkonli bo‘ladi.

Bu bayonotlar Rossiya taklif etilmagan Shveysariyadagi Tinchlik sammiti arafasida qilindi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.