Si Szinpin Qozog‘iston va Tojikistonga tashrif buyuradi
Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin 2—6-iyul kunlari Qozog‘iston va Tojikistonga davlat tashrifi bilan boradi. Bu haqda XXR Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Xua Chunin ma’lum qildi.
“XXR raisi Si Szinpin Ostonada bo‘lib o‘tadigan ShHT davlat rahbarlari kengashining 24-majlisida ishtirok etadi, shuningdek, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning taklifi bilan ushbu ikki mamlakatga davlat tashrifi bilan boradi”, — deyiladi Xitoy TIV xabarida.
Ulashish:
Sharhlar