Si Szinpin Xitoy Rossiyaga qurol bermaslikni va’da qildi – Zelenskiy

Фото: Reuters

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Si Szinpin Rossiya Federatsiyasiga qurol yetkazib bermaslikka va’da berganini aytdi.

“Men Xitoy rahbari bilan telefon orqali muloqot qildim. Oshanda u Rossiyaga qurol bermayman degandi. Agar u hurmatga sazovor odam bo‘lsa, u buni qilmaydi, chunki u menga o‘z so‘zini berdi “, dedi Zelenskiy.

“RBK-Ukraina”ning aniqlik kiritishicha, so‘z Zelenskiyning Si Szinpin bilan 2023 yil aprelida bo‘lib o‘tgan suhbati haqida ketmoqda.

May oyi oxirida Britaniya mudofaa vaziri Grant Shapps Londonda Rossiya va Xitoy o‘rtasida Ukrainada qo‘llanilgan qurol-yarog‘lar sohasida hamkorlikka oid dalillar borligini aytdi. Shappsning bayonotini sharhlar ekan, AQSh milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan Vashington Xitoydan Rossiyaga 2022 yoki 2023-yilda ham qurol yetkazib berilishini qayd etmaganini aytdi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.