Turkmanistondagi yagona mobil operator sim-kartalar sotishni to‘xtatdi
Turkmanistondagi yagona mobil operator “Altin Asir” telefonlar uchun yangi sim-kartalar sotishni to‘xtatdi, deb xabar bermoqda “Azatlik”.
“Kompaniya xodimlari pasporti bor va sim-karta so‘rab murojaat qilgan 16 yoshli fuqarolarga rad javobi bermoqda, ularda bo‘sh telefon raqamlari yo‘qligini aytmoqda”, — deya nashrga ma’lum qildi Ashxobod fuqarosi. Uning so‘zlariga ko‘ra, avvallari sim-karta sotib olmoqchi bo‘lganlar navbatga yozilgan, ammo hozir bunday qilib bo‘lmayapti.
Turkmaniston poytaxtida yashovchi yana bir fuqaro aytishicha, na yangi raqamlar uchun, na allaqachon mavjudlari uchun sim-kartalarni na kompaniya markaziy idorasida va na filiallarda olish mumkin. Endi mijozlar faqat tarifni o‘zgartira oladi, dedi u.
TMCell savdo belgisi ostida faoliyat yurituvchi “Altin Asir” yuzaga kelgan muammolarni kompaniyada yangi sim-kartalar sonini oshirish bo‘yicha texnik imkoniyat yo‘qligi bilan izohladi. Kompaniya bu muammolar haqida rasman xabar bergani yo‘q.
Sharhlar