Singapur bosh vaziri eng ko‘p maosh oladigan davlat rahbarlari reytingida birinchi o‘rinda turadi
Forbes jurnali eng ko‘p maosh oluvchi davlat rahbarlari reytingini e’lon qildi, Singapur bosh vaziri Lourens Vong yiliga 1,69 million dollarga yaqin daromad bilan birinchi o‘rinda.
Kuchli uchlikka Shveysariya prezidenti Viola Amherd (569,5 ming dollar) va Avstraliya bosh vaziri Entoni Albaneze (412,5 ming dollar) ham kirgan. AQSh prezidenti Jo Bayden yillik maoshi 400 ming dollar bilan to‘rtinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Avstriya kansleri Karl Nexammer (316,7 ming dollar) kuchli beshlikka yakun yasadi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin yillik maoshi 113,6 ming dollar bilan 28-o‘rinda. Reytingda eng kam maosh oluvchi yetakchi Efiopiya bosh vaziri Abiy Ahmad Ali bo‘ldi, uning maoshi yiliga atigi 1,7 ming dollarni tashkil qiladi.
Forbes roʻyxatida Oʻzbekiston, Qozogʻiston va boshqa MDH davlatlari rahbarlari haqida maʼlumotlar berilmagan.
Sharhlar