Sirdaryo viloyatida o‘qituvchiga tashlangan o‘quvchi qizlarning onasi jarimaga tortildi
Avvalroq Anhor.uz Sirdaryo viloyatidagi maktablardan birida o‘quvchi qizlar o‘qituvchiga hujum qilgani haqida yozgan edi.
Ma’lum bo‘lishicha, maktab o‘quvchilari opa-singillar ekan. Ularning onasi ma’muriy javobgarlikka tortildi, deb xabar qiladi Oliy sud matbuot xizmati.
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, o‘quvchi qizlar hamshira talabiga nisbatan tajovuzkorona munosabatda bo‘lgan. Shundan so‘ng o‘quvchilar jismoniy kuch ishlatgan. Ular janjalni to‘xtatishga uringan jismoniy tarbiya o‘qituvchisiga ham hujum qilishgan.
Sud o‘quvchi qizlarning onasiga 2 BHM (750 ming so‘m) miqdorida jarima soldi.
Ulashish:
Sharhlar