HAMAS harakatining siyosiy byurosiga yangi rahbar tayinlandi
Falastinning HAMAS harakati siyosiy byuroga Tehronda o‘ldirilgan Ismoil Xoniya o‘rniga yangi rahbar tayinlanganini ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant”. U HAMASning harbiy qanotini boshqargan va jangarilarning G‘azo sektoridagi harakatlari uchun mas’ul bo‘lgan Yahyo Sinvar bo‘ldi.
61 yoshli Yahyo Sinvar — HAMASning G‘azo sektoridagi yetakchisi, tashkilotning harbiy qanoti asoschilaridan biri va jangarilarning ichki xavfsizlik bo‘linmasi hamasoschisi. U uch marta — 1982, 1985 va 1988-yillarda Isroil tomonidan hibsga olingan. 2011-yilda SAXAL bilan almashinuv doirasida Isroil qamoqxonasidan ozod etilgan. 2015-yilda AQSH Yahyo Sinvarni xalqaro terrorchilar ro‘yxatiga kiritgan.
Ismoil Xoniya 31-iyul kuni Tehronda o‘ldirilgan edi, u yerga Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyanning inauguratsiyasiga borgan. Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili Nosir Kananiy idora HAMAS siyosiy byurosi rahbarining o‘limida Isroilni gumon qilayotganini bildirdi. Isroil hodisaga aloqadorligini tasdiqlagani ham, rad etgani ham yo‘q. Eron hukumati Isroilga javob zarbasi berishni va’da qildi.
Sharhlar