Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso nomiga ichiga o‘q solingan konvert yuborilgan
Slovakiya hukumat devoni mamlakat bosh vaziri Robert Fitso nomiga o‘q solingan konvertni oldi. Bu haqda 25-sentyabr kuni Plus 7 dní portali xabar berdi.
Materialda qayd etilishicha, Fitso uchun mo‘ljallangan pochtani tekshirish chog‘ida konvertlardan biri ofis xodimlarining e’tiborini tortgan. Rentgen tekshiruvi uning ichida patron borligini ko‘rsatdi. Xat jo‘natuvchisi noma’lum.
Bratislavadagi mintaqaviy politsiya matbuot kotibi Mixal Zeyff voqeani tasdiqladi va politsiya allaqachon ishni tekshirayotganini aytdi.
Ulashish:
Sharhlar