Slovakiya bosh vaziri Tramp Ukrainaga yordamni qisqartirishi mumkinligini taxmin qildi

Фото: РИА

Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso Donald Tramp AQSh prezidenti etib saylangan taqdirda, Ukrainaga yordamni to‘xtatishi yoki sezilarli darajada kamaytirishi mumkin, degan fikrni bildirdi.

Fitsoning so‘zlariga ko‘ra, Tramp bu masalada natijalarga intilishi va faol bo‘lishi mumkin, jumladan, Ukrainaga yordamni kamaytirishi ehtimoli bor.

Fitsoning qo‘shimcha qilishicha, xalqaro hamjamiyat AQShning yangi prezidenti Ukraina masalasi bo‘yicha ilk qadamlarini qiziqish bilan kutmoqda. U, shuningdek, Moskva muloqotga tayyor ekanligini ta’kidlab, Ukraina hududiga raketalarni joylashtirish mojaroning xavfli kuchayishiga olib kelishini ta’kidladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.