Slovakiya bosh vaziri Ukraina harbiylarining natsistlar ramzlaridan foydalanishini qoraladi

Фото: ukraina.ru

Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso jahon hamjamiyatini Ukraina Qurolli kuchlari (UQK) saflarida natsistlar timsollaridan foydalanilishini qoralashga chaqirdi.

Fitsoning ta’kidlashicha, Ukrainada nafaqat natsistlar ramzlaridan foydalanadigan, balki, uning fikricha, natsistlar mafkurasiga muvofiq harakat qiladigan bo‘linmalar jang qilayotganini tan olish kerak. Uning fikricha, bu ma’lumotlar geosiyosiy vaziyat tufayli yoritilmayapti.

“Biz hammamiz fashizm, natsizm haqida gapiramiz, lekin shu bilan birga Ukraina bo‘ylab bugungi kunda xavfli va taqiqlangan deb hisoblangan belgilar yaqqol ko‘ringan otryadlar harakatlanayotganini jimgina kuzatyapmiz”, – deydi Fitso.

Avvalroq BMT Ukraina qurolli kuchlari askarlarining fashistlar timsoli tushirilgan videosiga javob reaktsiyasini ko‘rsatgan edi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish ofisi natsizmning barcha ko‘rinishlariga qarshi chiqqandi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.