О‘zbekistonda bu yil paxta terimchilariga qancha to‘lanadi?

О‘zbekistonda bu yil paxta terimchilari qo‘lda terilgan bir kilogramm xom paxta uchun 2 500 so‘m oladi. Bu haqda mamlakat Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar beradi.

Idora ma’lumotiga ko‘ra, 2 000 so‘m Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan, qolgan 500 so‘m esa klaster hisobidan ajratiladi.

Ilgari qo‘lda terilgan bir kilogramm xom paxta uchun 1 500 so‘m to‘lanar edi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.