Smolenskda Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi binosiga terrorchilik hujumi uyushtirishga urinishning oldi olindi
Smolenskda Rossiya Ichki ishlar vazirligi oblast boshqarmasi binosiga terrorchilik hujumi uyushtirishga urinishning oldi olindi. Bu haqda Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining Smolensk oblasti bo‘yicha matbuot xizmati xabar beradi.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari Ichki ishlar vazirligi binosiga qo‘lbola portlovchi moslamani olib kirishga uringan shaxsni qo‘lga oldi. U moslamani hujjatlar solingan jildga yashirgan. Hibsga olish vaqtida qurilma portlab ketgan. Natijada erkakning o‘zi yaralangan.
Qo‘lga olingan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ulashish:
Sharhlar