Sochida Putinning “Bocharov ruchey” qarorgohining bosh binosi buzildi
Sochida Putinning “Bocharov Ruchey” qarorgohining asosiy binosi buzib tashlandi. Bu haqda sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlarni o‘rgangan “Proуekt” xabar beradi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, obуektni demontaj qilish fevral oyida boshlangan va buzib tashlash mart oyida yakunlangan. Endi qarorgoh hududida qurilish texnikasi ishlayotgan kotlovan bor. Binoning buzilishi sabablari haqida ma’lumot berilmagan.
Buzish ishlari boshlanganidan keyin Putin qarorgohning asosiy binosi yonida joylashgan majmuada rasmiy mehmonlarni qabul qila boshladi. U 2014 yilda qurilgan va “Bocharov Ruchey-2” deb nomlangan: unda matbuot markazi va majlislar zali joylashgan.
Shu bilan birga, Putin Sochiga borishni to‘xtatgan. “Proуekt”ga ko‘ra, u ilgari bahor va kuzning katta qismini shaharda o‘tkazgan bo‘lsa-da, hozir yetti oydan beri u yerda paydo bo‘lmagan. “Proуekt” manbasining aytishicha, Putin Ukrainaning dron hujumlari tufayli hayotidan qo‘rqishni boshlagan.
Sharhlar