SSSR sobiq bosh vaziri Nikolay Rijkov vafot etdi
SSSR hukumati sobiq rahbari Nikolay Rijkov 94 yoshida vafot etdi, deb yozadi Meduza Rossiya Federatsiya kengashi spikeri Valentina Matviyenkoga tayanib.
Nikolay Rijkov 1974—1989-yillarda SSSR Oliy kengashi, mamlakat nominal parlamenti deputati bo‘lgan. 1985—1991-yillarda SSSR Vazirlar kengashi raisi bo‘lib ishlagan. Iste’fo berib, pensiyaga chiqqanidan keyin ham Rijkov siyosiy faoliyatini davom ettirdi. 1995—2003-yillarda Rossiya Davlat dumasi deputati bo‘lib ishaldi, undan keyin esa 20 yil davomida Federatsiya kengashining Belgorod viloyatidan senatori bo‘ldi. Rijkovning senator sifatidagi vakolatlari 2023-yil 25-sentabrda tugatilgan.
Nikolay Rijkov senator sifatida 2014-yilda Rossiya qo‘shinlarining Qrimga kiritilishini, shuningdek, 2022-yilda Ukrainaning Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporojye viloyatlarining bosib olinishini qo‘llab-quvvatlagan. Yevroittifoq, AQSH, Ukraina, Buyuk Britaniya, Kanada, Shveysariya, Avstraliya va Yangi Zelandiya sanksiyalari ostida bo‘lgan.
Sharhlar