Qozog‘istonda qariyb 1,8 mingta maktab Starlink orqali internet bilan ta’minlandi
Qozog‘iston hukumati qariyb 1,8 mingta maktabni SpaceX kompaniyasining Starlink terminallari orqali internetga uladi, deb yozadi “TASS” respublika hukumatiga tayanib.
“Raqamli infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda. Bugungi kun holatiga Starlink sun’iy yo‘ldosh internet 1757 ta maktabga o‘rnatildi, buning sharofati bilan bog‘lanish tezligi uch marta oshdi. Shu bilan birga, barcha darsliklarni raqamlashtirish ishlari yakunlandi, elektron versiyalar 11 ta platformada o‘quvchilarga taqdim etildi”, — deyiladi xabarda.
May oyida Qozog‘iston parlamenti mamlakatda olis qishloqlardagi ijtimoiy obyektlarni internet bilan ta’minlash uchun Starlink sun’iy yo‘ldoshlar aloqa texnologiyalaridan foydalanish imkonini beruvchi qonunni qabul qilgan edi. 2024-yilda 2 mingga yaqin qishloq maktablarini sun’iy yo‘ldosh internet bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda.
Sharhlar