Storm Swadow zarbasi natijasida RF qurolli kuchlarining generali Valeriy Solodchuk halok bo‘ldi
20-noyabr kuni Ukraina qurolli kuchlarining Kursk oblastiga uyushtirgan hujumi natijasida rossiyalik general va Rossiya qurolli kuchlarining 18 nafar zobiti halok bo‘ldi, 33 nafari yaralandi. Bu haqda Global Defense Corp manbalarga tayanib xabar beradi.
Manbalarning xabar berishicha, zarba vaqtida Leningrad harbiy okrugi qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari, general-leytenant Valeriy Solodchuk qo‘mondonlik punktida bo‘lgan. Uning ahvoli haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Shuningdek, zarbalar natijasida 18 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lgani, yana 33 nafari turli og‘irlikdagi jarohatlar olgani xabar qilingan. Yaradorlar orasida Shimoliy Koreyaning uch askari ham bor. Yaradorlar Rilsk markaziy tuman kasalxonasiga yotqizilgan.
Sharhlar