Shimoliy Osetiyada Su-34 samolyoti qulab tushdi, ekipaj halok bo‘ldi
Rossiya tarkibiga kiruvchi Shimoliy Osetiya respublikasi, Alagir tumani tog‘larida Rossiya Havo-kosmik kuchlarining Su-34 samolyoti mashq parvozlarini amalga oshirish chog‘ida halokatga uchradi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Ekipaj halok bo‘lgan. Bortda ikki nafar uchuvchi bo‘lgani xabar berilmoqda.
Halokatning dastlabki sababi sifatida texnik nosozlik keltirilmoqda. Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot kimsasiz hududga qulagan, vayronagarchiliklar bo‘lmagan.
Mahalliy aholi so‘zlariga ko‘ra, samolyot yarim tunda Gorniy Dzuarikay qishlog‘i yaqinida qoyaga borib urilgan.
Ulashish:
Sharhlar