Sud AQSh va Rossiya fuqarosi bo‘lgan ayolni davlatga xiyonat qilish aybi bilan 12 yil qamoqqa hukm qildi
Sverdlovsk oblast sudi AQSh va Rossiya fuqarosi Kseniya Karelinani (Xavana) davlatga xiyonat qilish aybi bilan 12 yil umumiy rejimdagi koloniyagacha bo‘lgan ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qildi. Bu haqda Sverdlovsk oblast sudining matbuot xizmati xabar beradi.
Ayrim rossiyalik OAVlarning ma’lumotlariga ko‘ra, qizni Ukrain xayriya jamg‘armasiga qilgan 51,8 dollar miqdoridagi o‘tkazmasi uchun davlatga xiyonatda ayblashmoqda. “2022-yil 24-fevral kuni Rossiya va AQSh fuqarosi Kseniya Karelina o‘z tashabbusi bilan bir ukrain tashkiloti manfaatlari yo‘lida pul o‘tkazgan”, – deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Xabarda shuningdek, Karelina jazoni o‘tab chiqqach, 1 yil 6 oy davomida ozodlikni cheklash va 300 ming rubl miqdorida jarima jazosiga hukm qilinganligi ham aytilgan.
Oldin Rostov-na-Donu shahrida yashovchi Yelena Popova bloger Arkadiy Babchenkoga 7 ming rubl o‘tkazgani uchun 12 yilga qattiq rejimli koloniyaga hukm qilingan edi.
Sharhlar