Sud Krokusdagi teraktni sodir etishda gumon qilinayotganlarning hibsda saqlanish muddatini uzaytirdi
Moskvaning Basmanniy sudi “Krokus Siti Xoll”da terakt sodir etishda gumon qilingan to‘rt nafar Tojikiston fuqarosini hibsga olish muddatini 22-noyabrgacha uzaytirdi.
Sud majlisi yopiq eshiklar ortida o‘tdi.
Dalerjon Mirzoуev, Saidakrami Rachabalizoda, Muhammadsobir Fayzov va Shamsiddin Fariduni 145 kishi halok bo‘lgan teraktni sodir etishda va noqonuniy qurol savdosida ayblanmoqda.
Gumondorlarni umrbod qamoq jazosi kutmoqda.
Ulashish:
Sharhlar