Sud Trampga qarshi Kapitoliy bosqiniga aloqador ishni to‘xtatdi

Foto: ochiq manba
Vashingtondagi sud prokuratura talabiga binoan AQShning saylangan prezidenti Donald Trampga nisbatan 2020-yilgi saylov jarayonlariga aralashgani va Kapitoliy binosiga bostirib kirgani uchun jinoiy ish qo‘zg‘atishni to‘xtatdi, deb xabar bermoqda CNN sud qaroriga tayanib.
“Sud ishni apellyatsiya berish imkoniyatisiz tugatish haqidagi iltimosnomani qanoatlantirdi”, – dedi sudya Tanya Chutkan ajrimda.
Avvalroq maxsus prokuror Jek Smit Vashingtondagi suddan 2020-yildagi saylov jarayoniga aralashganlikda va 2021-yil yanvarida Kapitoliyga bostirib kirishga aloqadorlikda ayblanayotgan Trampga nisbatan jinoiy taʼqibni toʻxtatishni soʻragan edi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.