Sudanda ruslar bo‘lgan yuk samolyoti urib tushirildi
Sudanda ruslar bo’lgan yuk samolyoti urib tushirildi. Bu haqda Rossiya elchixonasiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
“O’z navbatida, elchixona Sudan rasmiylari bilan aloqada bo’lib, ushbu hodisaning holatlarini aniqlash uchun barcha zarur choralarni ko’rmoqda. Vaziyat halokat zonasi janglar davom etayotgan Darfurda joylashgani bilan murakkablashdi”, deyiladi elchixona bayonotida.
Diplomatlar hodisa sabablarini o‘rganmoqda.
RBK Sudanning Tezkor harakat kuchlariga tayanib, rossiyaliklar ekipaj tarkibiga kirganini yozmoqda.
Xabar yangilanmoqda
Ulashish:
Sharhlar