Sudanda 130 ayol zo’rlashdan qochish uchun o’z joniga qasd qildi
Sudanda 130 ayol zo’rlashdan qochish uchun o’z joniga qasd qildi. Bu haqda huquq himoyachisi Hala Al-Karib Nigeriyaning “News Central” telekanalida xabar berdi. Al-Karibning so‘zlariga ko‘ra, bu faqat ma’lum holatlar bo‘lib, ayollarning o‘z joniga qasd qilishlari soni ancha yuqori.
BMT missiyasi, shuningdek, Sudandagi jinsiy zo’ravonlik haqida xabar berib, uning ko’lamini “hayratlanarli” deb atadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti bunga misol qilib, guruhli zo’rlash, jinsiy qullik va majburiy nikohni keltirmoqda. Qurbonlar sakkiz yoshli qizlar va 75 yoshgacha bo’lgan ayollardir.
Huquq himoyachilari bunday jinoyatlarning aksariyatida Sudan Tezkor harakat kuchlari a’zolarini ayblamoqda. 2023-yilda ular va Sudan qurolli kuchlari o’rtasida qurolli to’qnashuv boshlandi, natijada 14 million kishi qochqinga aylandi.
Urush boshlanganidan beri mamlakatda ko’plab tinch aholi o’limi, ocharchilik va kasalliklar qayd etilgan. “Hozir Sudanda xavfsiz joy yo’q”, dedi tergov komissiyasi rahbari Muhammad Chande Usmon.
Sharhlar