Tramp suiqasddan keyin birinchi marta omma oldiga chiqdi
AQSH prezidentligiga nomzod Donald Tramp Respublikachilar partiyasining Viskonsin shtati Miluoki shahrida bo‘lib o‘tayotgan milliy qurultoyiga keldi va qulog‘i bint bilan bog‘langan holda sahnaga chiqdi, deb yozadi “Kommersant”. Bu uning suiqasddan keyin birinchi marta omma oldiga chiqishidir.
Qurultoy ishtirokchilari Trampning nutqi chog‘ida “AQSH” va “Kurash, kurash, kurash!” shiorlarini baralla aytgan. U “Amerika Qo‘shma Shtatlarining keyingi prezidenti” deb tanishtirilgan. Trampning asosiy nutqi 18-iyul kuni kechqurunga rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, ushbu qurultoyda delegatlarning ko‘pchilik ovozi bilan Tramp rasm AQSH prezidentligiga nomzod sifatida ilgari surilgan. Shundan keyin u senator Jey Di Vensni vitse-prezidentlikka nomzod sifatida tanlaganini e’lon qilgan.
13-iyul kuni Tramp Pensilvaniyada o‘z tarafdorlarining saylovoldi mitingida nutq so‘zladi. 120 metr uzoqlikdagi bino tomidan 20 yoshli Tomas Mettyu Kruks unga qarata o‘t ochdi, o‘ng siyosatvhining o‘ng qulog‘iga borib tegdi. Miting ishtirokchilaridan biri halok bo‘lib, ikki kishi jabrlandi. Maxfiy xizmat xodimlari o‘q uzgan shaxsni otib tashladi.
Sharhlar