Sun’iy yo‘ldosh Erondagi raketa bazalaridan birida jiddiy faollikni qayd etdi
Sun’iy yo‘ldoshdan olingan yangi suratlar Eronning ikkita asosiy harbiy obyektida ballistik raketa ishlab chiqarish sezilarli darajada kengayganini ko‘rsatadi, deya xabar beradi “Reyter” xalqaro axborot agentligi.
So‘z Tehron yaqinida joylashgan Modarres va Xojir harbiy bazalari haqida bormoqda.
“Planet Labs” tasvirlarida belgilangan obyektlarda 30 dan ortiq yangi binolarni ko‘rish mumkin. Ko‘pgina binolar katta yer ko‘tarmalari bilan o‘ralgan. Montereydagi Middlberi xalqaro tadqiqotlar instituti xodimi Jeffri Lyuisning so‘zlariga ko‘ra, ular raketa ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lib, bitta binodagi portlash qo‘shni binolarda yonuvchi materiallarning portlashiga olib kelishining oldini olishga mo‘ljallangan. Lyuisga ko‘ra, obyektlar suratlariga asoslanib, Xojirda ishlab chiqarishni kengaytirish o‘tgan yilning avgust oyida, Modarresda esa oktyabrda boshlangan.
Ishlab chiqarishni kengaytirish 2022-yil oktyabr oyida Moskva bilan imzolangan kelishuvdan so‘ng amalga oshirilgan, unga ko‘ra Eron Ukrainaga zarba berish uchun zarur bo‘lgan raketalarni Yamandagi isyonchilar va Livandagi “Hezbolloh” guruhiga ham yetkazib beradi, deydi “Reyter”.
Sharhlar