Suriya BRICSga kirish uchun ariza topshirdi
Suriya BRICSga qo’shilishni xohlamoqda va allaqachon a’zolik uchun ariza topshirgan. Bu haqida TASSga Rossiya Federatsiyasidagi elchisi Bashar Ja’fariy ma’lum qildi.
“Biz BRICSga qo‘shilishdan juda manfaatdormiz. Biz tashkilotga aʼzo boʻlish uchun yozma soʻrov yubordik”, – dedi u “Shimoliy Kavkaz: yangi geostrategik imkoniyatlar” forumi chogʻida.
BRICS davlatlararo assotsiatsiya boʻlib, 2006-yilda tashkil etilgan. Dastlab uning tarkibiga Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoy kirgan. Keyinchalik unga Janubiy Afrika Respublikasi, 2024-yildan Misr, Eron, Birlashgan Arab Amirliklari (BAA), Saudiya Arabistoni va Efiopiya qo’shildi.
Ulashish:
Sharhlar