Suriyada jangarilar hukumat kuchlariga hujum qildi

Фото: РБК

Suriya shimoli-g‘arbida jangari guruhlar, jumladan, turkparast “Hayat Tahrir ash-Shom” guruhi prezident Bashar al-Assad va uning ittifoqchilari nazoratidagi Suriya armiyasi pozitsiyalariga qarshi keng ko‘lamli hujum boshladi. Hujumlar Alepponing g‘arbiy qismida sodir bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qurolli kuchlar bir nechta aholi punktlari va strategik ahamiyatga ega bazalardan birini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Bunga javoban Suriya armiyasi Rossiya aviatsiyasi ko‘magida hujumchilarning pozitsiyalariga zarbalar berdi.

Ayni paytda turk kuchlari Suriya shimolida hududni egallab turgan kurd kuchlariga qarshi amaliyotlarga tayyorgarlik ko‘rayotgani aytilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.