Xitoyning eng zamonaviy atom suvosti kemasi Uxan yaqinida cho‘kib ketgan
Xitoyning Uxan shahri yaqinidagi verfda eng yangi atom suvosti kemasi cho‘kib ketdi. Bu haqda bir qator OAVlar o‘z manbalariga (amerikalik harbiy mansabdorlar) tayanib xabar bermoqda. Xitoy hukumati hodisani yashirishga uringan.
Voqea may oxiri — iyun boshida sodir bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, China State Shipbuilding Corp. kompaniyasining Wuachang verfida barpo etilgan Zhou sinfidagi suvosti kemasi cho‘kib ketgan. Bu ushbu turdagi birinchi kema bo‘lgan. Suvosti kemasini so‘nggi marta may oxirida Yanszi daryosida ko‘rishgan. Sun’iy yo‘ldoshdan olingan tasvirlarga ko‘ra, iyun boshida submarinani daryo tubidan chiqarib olish uchun cho‘kish joyiga kranlar yuborilgan.
Hodisaga nima sabab bo‘lgani noma’lum. Suvosti kemasi yadro yonilg‘isini tashigani taxmin qilinmoqda. Jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.
Sharhlar