Taganrogda dron qulaganidan keyin yong‘in sodir bo‘ldi
Astra telegram-kanali Taganrogda dron qulaganidan so‘ng yong‘in sodir bo‘lgan joydan kadrlarni e’lon qildi.
Nashrning yozishicha, dron Nikolaevskiy shossesiga qulagan. Rostov oblastining gubernatori “Taganrog sanoat zonasida dron qulashi sababli yog‘och omborida yong‘in sodir bo‘lganini” aytadi.
“Dron qulaganidan keyin ombordagi yong‘in 200 kvadrat metr maydonni qamrab oldi. Yong‘in natijasida binoning tom qismi va yaqin-atrofda turgan 4 ta avtomobil yonib zarar ko‘rgan. Jabrlanganlar va halok bo‘lganlar yo‘q”, – deb yozadi u.
Ulashish:
Sharhlar