Tailand bosh vaziri lavozimini sobiq hukumat rahbarining qizi egalladi
Tailand hukumati sobiq rahbari Taksin Chinavatning qizi — 37 yoshli Pxetxongtxan Chinavat qirollikning yangi bosh vaziri etib saylandi. Bu haqda DW xabar bermoqda.
16-avgust kuni bo‘lib o‘tgan ovoz berish jarayonida uning nomzodini yoqlab parlamentning 319 deputati ovoz berdi, 145 nafari qarshi chiqdi va 27 kishi betaraf qoldi.
Pxetxongtxat Chinavat — Tailand tarixidagi eng yosh bosh vazir va ushbu lavozimdagi ikkinchi ayol kishidir. Uning nomzodi “Pxia Txai” partiyasi boshchiligidagi koalitsiya tomonidan ilgarisurilgan bo‘lib, ushbu partiyani ko‘p jihatdan Chinavat multimilliarderlar oilasi nazorat qiladi.
14-avgust kuni Tailand Konstitutsiyaviy sudi bosh vazir Settxa Txavisinni 2024-yil aprelida Pxichit Chinbanni bosh vazir kanselyariyasidagi vazir etib tayinlash chog‘ida etika me’yorlarini buzish haqidagi ish tufayli o‘z lavozimidan chetlashtirgandi. 2008-yil iyunida Chinban korrupsiya haqidagi ish bo‘yicha Taksin Chinavatga vakillik qilayotgan vaqtda sudyalarga pora berishga uringani uchun olti oylik qamoqqa hukm qilingan.
Sharhlar