Tailandda suv toshqini oqibatida ikki fil halok bo‘ldi
Tailandda “Yagi” tayfuni keltirib chiqargan suv toshqini natijasida hayvonlarni reabilitatsiya qilish qo‘riqxonasida ikki fil halok bo‘ldi.
Euronews ma’lumotiga ko‘ra, xavf ostida qolgan qo‘riqxona rahbariyati evakuatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilgan. Yuzga yaqin filni qutqarishga muvaffaq bo‘lingan, ammo ulardan ikkitasi kuchli toshqin suvlarida cho‘kib ketgan. Ularning jasadlari qirg‘oqdan toshgan daryo oqimi bo‘ylab pastroqda topilgan. Xabar qilinishicha, yana bir fil hamon bedarak yo‘qolgan hisoblanmoqda.
Qo‘riqxona katta zarar ko‘rgan va uning rahbariyati shikastlangan infratuzilmani tiklashda yordam so‘rab mamlakat hokimiyatiga murojaat qilgan.
Ulashish:
Sharhlar