Taker Karlson Rossiya tashqi ishlar vazirligi rahbari bilan suhbatni e’lon qilmoqchi
Amerikalik jurnalist Taker Karlson Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovdan intervyu olish uchun Moskvaga uchib ketdi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Xabarga ilova qilingan videomurojaatda Karlsonning aytishicha, hozir dunyo yadro urushiga har qachongidan ham yaqinroq, Bunga AQShning amaldagi maʼmuriyati Ukrainaga Rossiyaga zarba berish uchun uzoq masofaga moʻljallangan qurollardan foydalanish huquqini berganligi sabab qilib ko’rsatilmoqda. Karlsonning so’zlariga ko’ra, Qo’shma Shtatlar allaqachon “ko’pchilik amerikaliklar bilmagan”, Rossiya bilan “issiq urush”da.
Shu bilan birga, amerikaliklarning Rossiyaning bu boradagi pozitsiyasini bilish imkoni yo’q, deydi u. Shuningdek, u intervyu “tez orada” e’lon qilinishiga va’da berdi.
Ma’lumot uchun, 2024-yil boshida Karlson Moskvaga kelib, Rossiya prezidenti Vladimir Putindan intervyu olgan edi.
Sharhlar