Taksi haydovchisi Krokusga hujum qilgan terrorchilardan birini tanidi
Taksi haydovchisi Krokusga hujum qilgan terrorchilardan birini tanidi – u 7-mart kuni uni konsert maydoniga olib borgan ekan.
Baza nashriga ko‘ra, 23-mart kuni taksi haydovchisi bo‘lib ishlayotgan chechenistonlik fuqaro politsiyaga murojaat qilgan. U tergovchilarga 7-mart kuni soat taxminan 19:30 da mashinani “Krokus” yonida haydab ketayotib, Putilkovo qishlog‘iga buyurtma olganini aytgan. Jigarrang charm kurtka kiygan yigit mashinaga o‘tiradi. Haydovchi yo‘lovchini manziliga olib borgan ekan.
Teraktdan so‘ng taksi haydovchisi yo‘lovchini hujumchilardan biri sifatida tanigan. Gap 25 yoshli Fariduni Shamsutdin haqida ketayotgan bo‘lsa kerak – 7-mart kuni Krokusda olingan suratda Shamsutdin jigarrang charm kurtka kiyganini kshrishimiz mumkin.
Sharhlar